Network Connection (Tarmoq aloqasi) hisobotida muammolarni yechish

Ethernet aloqasi uchun

Wi-Fi aloqasi

Tarmoq holati yoki aloqa muammolari qanday hal qilinadi

  1. Chop etilgan Network Connection (Tarmoq aloqasi) hisobotiga qarang. A (Check Network Connection (Tarmoq aloqasini tekshirish)) da holatiga FAIL (AMALGA OSHMADI) deb yozilgan elementlarni tekshiring.
  2. Elementlarni tekshirish ro'yxatida holatiga FAIL (AMALGA OSHMADI) deb yozilgan elementlarga bossangiz, yechimi ko'rsatiladi.
  3. B da ko'rsatilgan xabarni tekshiring va har bir Elementni tekshirish ostida berilgan shu xabarni izlang. Keyin yechimlarga amal qiling.
B da * qo'yilgan xabarlar haqida ko'proq ma'lumot uchun "Tarmoq muhiti haqida" bo'limini ko'ring.


Elementlarni tekshirish

Quyidagi elementlarni bosib, xabarlar va yechimlarga o'ting.
  1. Wireless Network Name (SSID) Check (Simsiz tarmoq nomini (SSID) tekshirish)
  2. Communication Mode Check (Aloqa rejimini tekshirish)
  3. Security Mode Check (Xavfsizlik rejimini tekshirish)
  4. MAC Address Filtering Check (MAC manzilini filtrlashni tekshirish)
  5. Security Key/Password Check (Xavfsizlik kaliti/parolni tekshirish)
  6. IP Address Check (IP manzilini tekshirish)
  7. Detailed IP Setup Check (IP sozlamasini batafsil tekshirish)


Tekshirish elementlari uchun xabar va yechimlar


1. Wireless Network Name (SSID) Check (Simsiz tarmoq nomini (SSID) tekshirish)

T/R Xabarlar Yechimlar
1 No wireless network names (SSID) found. (Hech qanday simsiz tarmoq nomi (SSID) topilmadi.) Confirm that the router/access point is turned on and the wireless network (SSID) is set up correctly. (Router/kirish nuqtasi yoqilganligi va simsiz tarmoq (SSID) to'g'ri sozlanganini tasdiqlang.) Contact your network administrator for assistance. (Yordam uchun tarmoq ma'muriga murojaat qiling.)
  • Kirish nuqtasi yoqilganligini tekshiring. O'chiq bo'lsa yoqing, keyin tarmoqni qayta o'rnating.
  • Printerni kirish nuqtasiga yaqinroqqa joylashtiring.
  • Simsiz tarmoq nomini (SSID) qo'lda kiritgan bo'lsangiz, SSID to'g'riligini tasdiqlang. Noto'g'ri bo'lsa, qayta kiriting. Simsiz tarmoq nomi (SSID) C (Network Status (Tarmoq nomi)) da Tarmoq nomi (SSID) tagida ko'rsatiladi.
  • Tarmoqni WPS yordamida o'rnatgan bo'lsangiz, kirish nuqtasi WPS bilan ishlash-ishlamasligini tekshiring.
  • Maxsus ulanish o'rnatmoqchi bo'lsangiz, avval kompyuterda Maxsus ulanish o'rnatish lozim. Kompyuterda Maxsus ulanish o'rnatib, keyin printerni qaytadan tarmoqqa sozlang.
2 No wireless network names (SSID) found. (Hech qanday simsiz tarmoq nomi (SSID) topilmadi.) Confirm that the wireless network name (SSID) of the PC you wish to connect is set up correctly. (Ulanayotgan kompyuterning simsiz tarmoq nomi (SSID) to'g'ri o'rnatilganini tasdiqlang.) Contact your network administrator for assistance. (Yordam uchun tarmoq ma'muriga murojaat qiling.)
  • Ulanayotgan kompyuter yoqilganligini tekshiring. O'chiq bo'lsa yoqing, keyin printerni qaytadan tarmoqqa sozlang.
  • Printerni ulanayotgan kompyuter yaqiniga joylashtiring.
Tarmoqni o'rnatish paytida tanlangan yoki kiritilgan simsiz tarmoq nomi (SSID) topilmasa, yuqoridagi xabarlar chiqadi.
SSID bu Wi-Fi tarmog'ingizning nomidir. Kirish nuqtasidan foydalanayotgan bo'lsangiz, u o'rnatilayotganida tarmoqqa nom berib bo'lingan bo'ladi.
Printer va kompyuterni kirish nuqtasisiz bevosita (Maxsus ulanish) ulamoqchi bo'lsangiz, kompyuterda Maxsus tarmoqni o'rnatish kerak bo'ladi. Bu holda kompyuterda SSID yaratishingiz kerak.
SSID qanaqaligini bilmasangiz, tarmog'ingizni o'rnatgan shaxs yoki kompaniyaga murojaat qilishni maslahat beramiz.
Bundan tashqari, o'rnatish paytida printerni kirish nuqtasiga (yoki kompyuterga) yaqinroqqa joylashtirish lozim, shunda printer kirish nuqtasi yoki kompyuterdan aniq signal qabul qiladi.

Tepaga

2. Communication Mode Check (Aloqa rejimini tekshirish)

T/R Xabarlar Yechimlar
3 Wi-Fi communication mode (IEEE802.11*) does not match the current setting of the printer. (Wi-Fi aloqa rejimi (IEEE802.11*) printerning joriy sozlamalariga mos kelmayapti.) Set the same communication mode to the printer, router/access point, and PC. (Printer, router/kirish nuqtasi hamda kompyuterga bir xil aloqa rejimini qo'ying.) Contact your network administrator for assistance. (Yordam uchun tarmoq ma'muriga murojaat qiling.)

*Manzilingizga qarab, boshqacha bo'lishi mumkin.
  • Kirish nuqtasida qo'yilgan Wi-Fi aloqa rejimi printeringizdagiga mos kelishini tekshiring.
Kirish nuqtasi va kompyuterga qo'yilgan Wi-Fi aloqa rejimi printer tomonidan qo'llab-quvvatlanmaganida shu xabar chiqadi.

Tepaga

3. Security Mode Check (Xavfsizlik rejimini tekshirish)

T/R Xabarlar Yechimlar
4 Security mode (e.g. WEP, WPA) does not match the current setting of the printer. (Xavfsizlik rejimi (mas. WEP, WPA) printerning joriy sozlamalariga mos kelmayapti.) Confirm security mode. (Xavfsizlik rejimini tasdiqlang.) Contact your network administrator for assistance. (Yordam uchun tarmoq ma'muriga murojaat qiling.) Kirish nuqtasida quyidagi xavfsizlik rejimlaridan biri ishlatilayotganini tasdiqlang. Aks holda, tarmoqni qayta o'rnating va xavfsizlik rejimini qo'llab-quvvatlanadiganiga o'zgartiring.
  • WEP-64bit (40bit)
  • WEP-128bit (104bit)
  • WPA PSK (TKIP)
  • WPA2 PSK (TKIP)
  • WPA PSK (AES)
  • WPA2 PSK (AES)
  • WPA (TKIP/AES)
  • WPA2 (TKIP/AES)
Tarmoq qurilmalariga qo'yilgan xavfsizlik rejimlari printer tomonidan qo'llab-quvvatlanmasa yoki printerning xavfsizlik rejimiga mos kelmasa, shu xabar chiqadi.
Kuchliligi yoki shifrlash usuliga qarab, tarmoq qurilmalariga turli xavfsizlik rejimlari qo'yiladi.
Tarmoq qurilmasiga qarab, qo'llab-quvvatlangan xavfsizlik rejimlari turlicha bo'lishi mumkin. Aloqa o'rnatilishi uchun tarmoq qurilmasi va printer o'rtasida bir xil xavfsizlik rejimi qo'yilishi lozim.

Tepaga

4. MAC Address Filtering Check (MAC manzilini filtrlashni tekshirish)

T/R Xabarlar Yechimlar
5 MAC address of your printer may be filtered. (Printeringizning MAC manzili filtrlanishi mumkin.) Check whether your router/access point has restrictions such as MAC address filtering. (Router/kirish nuqtasida MAC manzilini filtrlash kabi cheklovlar bor-yo'qligini tekshiring.)
See the documentation of the router/access point or contact your network administrator for assistance. (Yordam uchun router/kirish nuqtasi qo'llanmasini ko'ring yoki tarmoq ma'muriga murojaat qiling.)
  • MAC manzilini filtrlash funksiyasiga oid batafsil ma'lumot uchun kirish nuqtasi bilan birga kelgan qo'llanmani ko'ring. Filtrlash xususiyati yoqilgan bo'lsa, printeringiz to'silmasligi uchun uning MAC manzilini ro'yxatdan o'tkazing.
  • Kirish nuqtasida WEP xavfsizlik rejimini Ulashilgan tanitish xususiyati bilan ishlatgan bo'lsangiz, tanitish kaliti bilan indeksning to'g'riligini tasdiqlang.
MAC manzilini filtrlash yoqilgan bo'lsa va printerning MAC manzili kirish nuqtasida ro'yxatdan o'tkazilmagan bo'lsa, shu xabar chiqadi.
MAC manzili bu har bir tarmoq qurilmasini tanish uchun ishlatiladigan identifikatsiya raqamidir.
Kirish nuqtasida shunday funksiya borki, u bironta qurilmaning MAC manziliga asoslangan holda uning tarmoqqa kirishiga ruxsat berishi yoki taqiqlab qo'yishi mumkin.
Bu funksiya yoqilgan bo'lsa, faqatgina ro'yxatdan o'tgan MAC manziliga ega bo'lgan qurilmalar tarmoqqa ulana oladi.

Tepaga

5. Security Key/Password Check (Xavfsizlik kaliti/parolni tekshirish)

T/R Xabarlar Yechimlar
6 Entered security key/password does not match the one set for your router/access point. (Kiritilgan xavfsizlik kaliti/parol siz router/kirish nuqtasiga kiritganingizga mos kelmayapti.) Confirm security key/password. (Xavfsizlik kaliti/parolni tasdiqlang.) Contact your network administrator for assistance. (Yordam uchun tarmoq ma'muriga murojaat qiling.) Kirish nuqtasiga qo'yilgan xavfsizlik kaliti kiritilgan xavfsizlik kalitiga mos kelmayapti. To'g'ri xavfsizlik kalitini ishlatgan holda tarmoqni qayta o'rnating. Xavfsizlik kalitida katta-kichik harflar farqlanadi.
Kiritilgan xavfsizlik kaliti bilan kirish nuqtasiga qo'yilgan xavfsizlik kaliti bir xil bo'lmasa, shu xabar chiqadi.
Xavfsizlik kaliti (parol) tarmoqqa ulanish uchun zarurdir.
Xavfsizlik kalitida katta-kichik harflar farqlanadi. Kiritilgan kalit ro'yxatdan o'tgan kalit bilan aynan bir xil bo'lmasa, aloqa o'rnatilmaydi.

Tepaga

6. IP Address Check (IP manzilini tekshirish)

T/R Xabarlar Yechimlar
7 Incorrect IP address is assigned to the printer. (Printerga noto'g'ri IP manzili berilgan.) Confirm IP address setup of the network device (hub, router, or access point). (Tarmoq qurilmasi (xab, router yoki kirish nuqtasi) IP manzili sozlanganini tasdiqlang.) Contact your network administrator for assistance. (Yordam uchun tarmoq ma'muriga murojaat qiling.)
  • Kirish nuqtasida DHCP funksiyasi yoqilgan-yoqilmaganligini tekshiring. Yoqilmagan bo'lsa, yoqib qo'ying.
  • IP manzilini qo'lda qo'ygan bo'lsangiz, bu IP manzili ruxsat berilgan miqyosdan tashqarida (yaroqsiz). To'g'ri IP manzilini kiriting.
Tepaga

7. Detailed IP Setup Check (IP sozlamasini batafsil tekshirish)

T/R Xabarlar Yechimlar
8 Confirm the connection and network setup of the PC or other device. (Kompyuter va boshqa qurilmaning ulanishi va tarmog'i sozlanganini tasdiqlang.)
Connection using the EpsonNet Setup is available. (EpsonNet Setup orqali ulanish ham mumkin.)
Contact your network administrator for assistance. (Yordam uchun tarmoq ma'muriga murojaat qiling.)
  1. Quyidagilarni tekshiring:
    • Printerni ishlatadigan qurilmalar, jumladan, kompyuterning yoqilganligini tekshiring.
    • Printerni ishlatadigan qurilmalar, jumladan, kompyuterning bitta tarmoqda ekanligini tekshiring.
  2. Yuqoridagi bandlarni tekshirgan bo'lsangiz, EpsonNet Setup yordamida tarmoqni o'rnating.
9 Confirm IP address, subnet mask, and default gateway setup. (IP manzili, subtarmoq maskasi va odatiy shlyuz sozlanganini tasdiqlang.)
Connection using the EpsonNet Setup is available. (EpsonNet Setup orqali ulanish ham mumkin.)
Contact your network administrator for assistance. (Yordam uchun tarmoq ma'muriga murojaat qiling.)
  1. Quyidagilarni tekshiring:
    • Tarmoqdagi boshqa qurilmalar yoqilgan
    • Printer uchun qo'lda qo'yilgan tarmoq manzili to'g'ri
    • Printerning tarmoq manzili boshqa qurilmalarniki bilan bir xil
  2. Tarmoq manzili noto'g'ri bo'lsa, printerning LCD panelida to'g'ri manzilni kiriting.
    Printerning o'zidan sozlamalarni o'zgartira olmasangiz, EpsonNet Setup yordamida sozlang.
    Joriy IP manzili, subtarmoq maskasi va odatiy shlyuz C (Network Status (Tarmoq holati)) da ko'rsatiladi.
10 Setup is incomplete. (O'rnatish tugallanmadi.) Confirm default gateway setup. (Odatiy shlyuz sozlanganini tasdiqlang.)
Connection using the EpsonNet Setup is available. (EpsonNet Setup orqali ulanish ham mumkin.)
Contact your network administrator for assistance. (Yordam uchun tarmoq ma'muriga murojaat qiling.)
  1. Quyidagilarni tekshiring:
    • Printer uchun qo'lda qo'yilgan shlyuz manzili to'g'ri
    • Odatiy shlyuz qilib belgilangan qurilma yoqilgan
  2. Odatiy shlyuz manzili noto'g'ri bo'lsa, printerning LCD panelida to'g'ri manzilni kiriting.
    Printerning o'zidan sozlamalarni o'zgartira olmasangiz, EpsonNet Setup yordamida sozlang.
    Joriy shlyuz manzili C (Network Status (Tarmoq holati)) da Odatiy shlyuz tagida ko'rsatiladi.
11 Confirm the following: (Quyidagilarni tasdiqlang:)
-Entered security key/password is correct (Kiritilgan xavfsizlik kaliti/parol to'g'ri)
-Index of the security key/password is set to the first number (Xavfsizlik kaliti/parolning indeksi birinchi songa qo'yilgan)
-IP address, subnet mask, or default gateway setup is correct (IP manzili, subtarmoq maskasi yoki odatiy shlyuz to'g'ri sozlangan)
Contact your network administrator for assistance. (Yordam uchun tarmoq ma'muriga murojaat qiling.)
  1. Quyidagilarni tekshiring:
    • Tarmoqdagi boshqa qurilmalar yoqilgan
    • Printer uchun qo'lda qo'yilgan tarmoq manzili to'g'ri
    • Printerning tarmoq manzili boshqa qurilmalarniki bilan bir xil
  2. Yuqoridagi barcha bandlarni tekshirib chiqqan bo'lsangiz, quyidagini bajarib ko'ring:
    • Printer bilan bitta tarmoqdagi kompyuterda EpsonNet Setup'ni oching.
      Printeringiz ro'yxatda bor bo'lsa, IP manzilini sozlash ekranida printer uchun IP manzilini qo'ying. Printeringiz ro'yxatda yo'q bo'lsa, xavfsizlik kaliti noto'g'ri bo'lishi mumkin. Printerning LCD paneli orqali tarmoqni o'rnating va to'g'ri xavfsizlik kalitini kiriting.
    • WEP xavfsizlik rejimida kirish nuqtasi uchun birnechta xavfsizlik kalitini qayd qilishingiz mumkin. Birnechta kalit qayd qilingan bo'lsa, birinchisini kiritganingizga amin bo'ling.
12 Confirm the following: (Quyidagilarni tasdiqlang:)
-Entered security key/password is correct (Kiritilgan xavfsizlik kaliti/parol to'g'ri)
-Index of the security key/password is set to the first number (Xavfsizlik kaliti/parolning indeksi birinchi songa qo'yilgan)
-Connection and network setup of the PC or other device is correct (Kompyuterning va boshqa qurilmaning ulanishi va tarmoq sozlanishi to'g'ri)
Contact your network administrator for assistance. (Yordam uchun tarmoq ma'muriga murojaat qiling.)
  1. Quyidagilarni tekshiring:
    • Modem, xab va router singari tarmoq qurilmalari yoqilgan
    • Printerdan boshqa tarmoq qurilmalarining IP manzili qo'lda qo'yilgan (Printerning IP manzili avtomatik ravishda, tarmoqdagi boshqa qurilmalarniki qo'lda qo'yilgan bo'lsa, printerning tarmog'i boshqa qurilmalarnikidan boshqacha bo'lishi mumkin)
  2. Yuqoridagi barcha bandlarni tekshirib chiqqan bo'lsangiz, quyidagini bajarib ko'ring:
    • Printer bilan bitta tarmoqdagi kompyuterda EpsonNet Setup'ni oching.
      Printeringiz ro'yxatda bor bo'lsa, IP manzilini sozlash ekranida printer uchun IP manzilini qo'ying. Printeringiz ro'yxatda yo'q bo'lsa, xavfsizlik kaliti noto'g'ri bo'lishi mumkin. Printerning LCD paneli orqali tarmoqni o'rnating va to'g'ri xavfsizlik kalitini kiriting.
    • WEP xavfsizlik rejimida kirish nuqtasi uchun birnechta xavfsizlik kalitini qayd qilishingiz mumkin. Birnechta kalit qayd qilingan bo'lsa, birinchisini kiritganingizga amin bo'ling.
Printerning IP manzilini tekshiring hamda printer tarmoqdagi boshqa qurilmalarga kira olishi-olmasligini ham tekshiring. Ba'zi hollarda xatoni aniqlashtirib bo'lmaydi. Tarmoqni EpsonNet Setup yordamida o'rnatishni tavsiya etamiz.

Tarmoq manzillari haqida:
IP manzili kompyuter, xab va router kabi tarmoqqa ulangan qurilmalarni bildiribgina qolmasdan, ular tegishli bo'lgan tarmoq miqyosini ham ko'rsatadi. Bitta tarmoqdagi qurilmalar bir-biri bilan aloqa qila oladi. Boshqa tarmoqdagi qurilmalar bilan aloqa qilmoqchi bo'lsangiz, router kerak bo'ladi. IP manzili ikkita qismdan tashkil topadi. Birinchi qismi "tarmoq manzili" deb ataladi va tarmoq miqyosini bildiradi. Ikkinchi qismi "host manzili" deb ataladi va tarmoq qurilmasini bildiradi. Tarmoq manzili va host manzili o'rtasidagi chiziq tarmoqning shkalasi (sinfi) ga qarab farqlanadi. Subtarmoq maskasi yordamida tarmoq manzili va host manzili o'rtasidagi chiziqni belgilashingiz mumkin.
Printerni uy tarmog'ida ishlatayotgan bo'lsangiz, kirish nuqtasining DHCP funksiyasini ishlatayotganda printerning IP manzilini "Avtomatik" qilib belgilang. Printer IP manzilini qo'yish uchun "Qo'lda"ni ishlatmoqchi bo'lsangiz, IP manzili va subtarmoq maskasini qo'yish uchun quyidagilarni ko'ring.
  1. Kompyuterga ulangan router (yoki kirish nuqtasi) uchun IP manzilini tekshiring. Tafsilotlar uchun router (yoki kirish nuqtasi) qo'llanmasini ko'ring.
  2. Barcha IP manzillari raqamli qiymatdagi to'rtta qismda yoziladi (IPv4 uchun). Yakuniy qismida 1 dan 254 gacha miqyosdagi raqamli betakror qiymatni kiriting. (Router DHCP serveri bo'lsa yoki uy tarmog'ida boshqa DHCP serveri bor bo'lsa, DHCP serveri egallagan IP manzili bilan ziddiyat chiqarmaydigan qiymatni qo'ying.)
Qo'yishga misol:
Router (yoki kirish nuqtasi) uchun IP manzili: 192.168.1.1
Printerniki, misol tariqasida: 192.168.1.3
Printerni kichik tarmoqda ishlatayotgan bo'lsangiz, tarmoqdagi barcha qurilmalarning subtarmoq maskasiga 255.255.255.0 qo'yiladi. Bundan tashqari, shlyuzning IP manzili kirish nuqtasiniki bilan bir xil qiymatda bo'ladi.

Tepaga

Tarmoq muhiti haqida

Tarmoq holat/aloqani tekshirish hisoboti bilan bir qatorda, tarmoq muhitidagi qaysi omillarni yaxshilash kerakligini bildirish maqsadida sizga quyidagi xabarlar ko'rsatiladi.
Xabarlar Yechimlar
*Signal strength is low. (*Signal kuchsiz.) If you have problems printing or scanning, improve your wireless network environment. (Chop etish yoki skanlashda muammoga duch kelayotgan bo'lsangiz, simsiz tarmoq muhitini yaxshilang.) Signal kuchsiz bo'lgani uchun chop etish tezligi past bo'lishi yoki to'xtab qolishi mumkin.
Muhitni yaxshilash uchun quyidagilarni bajaring:
  • Printerni kirish nuqtasiga yaqinroqqa joylashtiring.
  • Kirish nuqtasi va printer o'rtasidagi buyumlarni olib tashlang.
*A router/access point channel conflict has been detected. (*Router/kirish nuqtasi kanalida ziddiyat borligi aniqlandi.) If you have problems printing or scanning, improve your wireless network environment. (Chop etish yoki skanlashda muammoga duch kelayotgan bo'lsangiz, simsiz tarmoq muhitini yaxshilang.) Signal xalaqiti qo'shni xona yoki binolarda ishlatilayotgan boshqa simsiz tarmoqlar tomonidan hosil qilinishi mumkin. Printerni kirish nuqtasi yaqiniga joylashtirish orqali muhitni yaxshilash mumkin.
*Signal strength is low. (*Signal kuchsiz.) A router/access point channel conflict has been detected. (Router/kirish nuqtasi kanalida ziddiyat borligi aniqlandi.) If you have problems printing or scanning, improve your wireless network environment. (Chop etish yoki skanlashda muammoga duch kelayotgan bo'lsangiz, simsiz tarmoq muhitini yaxshilang.) Signal kuchsiz bo'lgani uchun chop etish tezligi past bo'lishi yoki to'xtab qolishi mumkin. Signal xalaqiti qo'shni xona yoki binolarda ishlatilayotgan boshqa simsiz tarmoqlar tomonidan hosil qilinishi mumkin.
Muhitni yaxshilash uchun quyidagilarni bajaring:
  • Printerni kirish nuqtasiga yaqinroqqa joylashtiring.
  • Kirish nuqtasi va printer o'rtasidagi buyumlarni olib tashlang.
*Multiple network names (SSID) that match your entered network name (SSID) have been detected. (*Siz kiritgan tarmoq nomi (SSID) ga mos keladigan birnechta tarmoq nomlari (SSID) aniqlandi.) Confirm network name (SSID). (Tarmoq nomi (SSID) ni tasdiqlang.) Boshqa kirish nuqtasiga ulanmoqdasiz.
Quyidagilarni bajarib ko'ring:
Siz ulanmoqchi bo'lgan kirish nuqtasining SSID'sini o'zgartiring, keyin printeringizni tarmoqqa qayta sozlang.
*No more devices can be connected. (*Bundan ko'proq qurilma ulab bo'lmaydi.) Disconnect one of the connected devices if you want to add another one. (Yana bitta qurilma qo'shmoqchi bo'lsangiz, ulanganlaridan birini uzing.) Yangi qurilma qo'shmoqchi bo'lsangiz, ulangan qurilmalarning birini Wi-Fi sozlamasi orqali uzing yoki printerning parolini o'zgartirish orqali barcha qurilmalar aloqasini uzing.

Tepaga