Network Connection (Tarmoq aloqasi) hisobotida muammolarni yechish

Wi-Fi aloqasi uchun

Ethernet ulanishi

Tarmoq holati yoki aloqa muammolari qanday hal qilinadi

  1. Chop etilgan Network Connection (Tarmoq aloqasi) hisobotiga qarang. A (Check Network Connection (Tarmoq aloqasini tekshirish)) da holatiga FAIL (AMALGA OSHMADI) deb yozilgan elementlarni tekshiring.
  2. Elementlarni tekshirish ro'yxatida holatiga FAIL (AMALGA OSHMADI) deb yozilgan elementlarga bossangiz, yechimi ko'rsatiladi.
  3. B da ko'rsatilgan xabarni tekshiring va har bir Elementni tekshirish ostida berilgan shu xabarni izlang. Keyin yechimlarga amal qiling.


Elementlarni tekshirish

Quyidagi elementlarni bosib, xabarlar va yechimlarga o'ting.
  1. Ethernet Cable Connection Check (Ethernet kabeli ulanishini tekshirish)
  2. IP Address Check (IP manzilini tekshirish)
  3. Detailed IP Setup Check (IP sozlamasini batafsil tekshirish)


Tekshirish elementlari uchun xabar va yechimlar


1. Ethernet Cable Connection Check (Ethernet kabeli ulanishini tekshirish)

T/R Xabarlar Yechimlar
1 Confirm that the network cable is connected and network devices such as hub, router, or access point are turned on. (Tarmoq kabeli ulanganligini va xab, router yoki kirish nuqtasi kabi tarmoq qurilmalari yoqilganligini tasdiqlang.) Quyidagilarni tekshiring:
  • Tarmoq kabeli ulangan va printer yoki xab singari tarmoq qurilmalari
  • Xab singari tarmoq qurilmalari yoqilgan
Tarmoq kabeli ulangan va to'g'ri ishlayotganini tekshiring.
Xab singari ulangan qurilmalarning tarmoq portidagi holat chirog'ini tekshirish orqali tarmoq qurilmalarining ishlash holatini tasdiqlash mumkin.

Tepaga

2. IP Address Check (IP manzilini tekshirish)

T/R Xabarlar Yechimlar
2 Incorrect IP address is assigned to the printer. (Printerga noto'g'ri IP manzili berilgan.) Confirm IP address setup of the network device (hub, router, or access point). (Tarmoq qurilmasi (xab, router yoki kirish nuqtasi) IP manzili sozlanganini tasdiqlang.) Contact your network administrator for assistance. (Yordam uchun tarmoq ma'muriga murojaat qiling.) Kirish nuqtasida DHCP funksiyasi yoqilgan-yoqilmaganligini tekshiring. Yoqilmagan bo'lsa, yoqib qo'ying.
Tepaga

3. Detailed IP Setup Check (IP sozlamasini batafsil tekshirish)

T/R Xabarlar Yechimlar
3 Confirm IP address, subnet mask, and default gateway setup. (IP manzili, subtarmoq maskasi va odatiy shlyuz sozlanganini tasdiqlang.)
Connection using the EpsonNet Setup is available. (EpsonNet Setup orqali ulanish ham mumkin.)
Contact your network administrator for assistance. (Yordam uchun tarmoq ma'muriga murojaat qiling.)
  1. Quyidagilarni tekshiring:
    • Tarmoqdagi boshqa qurilmalar yoqilgan
    • Tarmoq kabeli to'g'ri ulangan
    • Printer uchun qo'lda qo'yilgan tarmoq manzili to'g'ri
    • Printerning tarmoq manzili boshqa qurilmalarniki bilan bir xil
  2. Tarmoq manzili noto'g'ri bo'lsa, printerning LCD panelida to'g'ri manzilni kiriting.
    Printerning o'zidan sozlamalarni o'zgartira olmasangiz, EpsonNet Setup yordamida sozlang.
    Joriy IP manzili, subtarmoq maskasi va odatiy shlyuz C (Network Status (Tarmoq holati)) da ko'rsatiladi.
4 Setup is incomplete. (O'rnatish tugallanmadi.) Confirm default gateway setup. (Odatiy shlyuz sozlanganini tasdiqlang.)
Connection using the EpsonNet Setup is available. (EpsonNet Setup orqali ulanish ham mumkin.)
Contact your network administrator for assistance. (Yordam uchun tarmoq ma'muriga murojaat qiling.)
  1. Quyidagilarni tekshiring:
    • Printer uchun qo'lda qo'yilgan shlyuz manzili to'g'ri
    • Odatiy shlyuz qilib belgilangan qurilma yoqilgan
    • Tarmoq kabeli to'g'ri ulangan
  2. Odatiy shlyuz manzili noto'g'ri bo'lsa, printerning LCD panelida to'g'ri manzilni kiriting.
    Printerning o'zidan sozlamalarni o'zgartira olmasangiz, EpsonNet Setup yordamida sozlang.
    Joriy shlyuz manzili C (Network Status (Tarmoq holati)) da Odatiy shlyuz tagida ko'rsatiladi.
5 Confirm the connection and network setup of the PC or other device. (Kompyuter va boshqa qurilmaning ulanishi va tarmog'i sozlanganini tasdiqlang.)
Connection using the EpsonNet Setup is available. (EpsonNet Setup orqali ulanish ham mumkin.)
Contact your network administrator for assistance. (Yordam uchun tarmoq ma'muriga murojaat qiling.)
  1. Quyidagilarni tekshiring:
    • Tarmoqdagi boshqa qurilmalar yoqilgan
    • Tarmoq kabeli to'g'ri ulangan
    • Printer uchun qo'lda qo'yilgan tarmoq manzili to'g'ri
    • Printerning tarmoq manzili boshqa qurilmalarniki bilan bir xil
  2. Yuqoridagi barcha bandlarni tekshirib chiqqan bo'lsangiz, quyidagini bajarib ko'ring:
    • Printer bilan bitta tarmoqdagi kompyuterda EpsonNet Setup'ni oching. Printeringiz ro'yxatda bor bo'lsa, IP manzilini sozlash ekranida printer uchun IP manzilini qo'ying.
Printerning IP manzilini tekshiring hamda printer tarmoqdagi boshqa qurilmalarga kira olishi-olmasligini ham tekshiring. Ba'zi hollarda xatoni aniqlashtirib bo'lmaydi. Tarmoqni EpsonNet Setup yordamida o'rnatishni tavsiya etamiz.

Tepaga