Foydalanish shartlari

Ushbu veb-sayt Seiko Epson Corporation kompaniyasi tarafidan boshqariladi va qo'llab-quvvatlanadi. Ushbu veb-saytdan foydalanishingiz quyida tavsifi kelgan shartlarga muvofiq tartibga solinadi. Davom etishdan avval iltimos, shartlarni o'qing va tushunib oling.

Mualliflik huquqi haqidagi ma'lumotlar

Ushbu saytda taqdim qilingan materiallarning mualliflik huquqi Seiko Epson Corporation kompaniyasi yoki boshqa uchinchi tomonlarga tegishlidir. Bu yerda joy olgan materiallarning biron bir nusxasini Seiko Epson Corporation kompaniyasining yozma ruxsatisiz to'liq bo'ladimi, bir qism bo'ladimi, har qanday shaklda, har qanday usul bilan ko'chirish, o'zgartirish, tarqatish, nashr qilish, yuklab olish, yuklab qo'yish, aks ettirish, uzatish taqiqlanadi.

Savdo belgilari

Ushbu veb-saytda aks ettirilgan savdo belgilari, xizmat belgilari va logotiplar Seiko Epson Corporation kompaniyasining yoki uchinchi tomonlarning qayd etilgan yoki qayd etilmagan savdo belgilari hisoblanadi.
"Seiko Epson Corporation" va Epson logotipidan Seiko Epson Corporation kompaniyasining yozma ruxsatisiz har qanday maqsadda, jumladan, biroq bu bilan cheklanmagan holda, reklama maqsadlarida ushbu veb-saytdagi materiallarni tarqatish mumkin emas.

Kafolatlardan voz kechish va javobgarlikning cheklovi

Seiko Epson Corporation kompaniyasi ushbu saytdagi har qanday tarkib, material yoki ma'lumot, jumladan, dasturiy ta'minotning, hujjatlarning yoki tez-tez beriladigan savollarning aniqligiga yoki to'liqligiga hech qanday kafolat bermaydi.
Hech qanday sharoitda Seiko Epson Corporation kompaniyasi ushbu veb-saytdagi har qanday ma'lumot xatoliklari uchun har qanday turdagi javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi. Seiko Epson Corporation kompaniyasi ushbu veb-saytdagi ma'lumot yoki materialdan foydalanish oqibatida ko'rgan har qanday zararlar yoki yo'qotishlar uchun javobgar hisoblanmaydi. Ushbu veb-saytdagi barcha ma'lumotlar avvaldan xabar qilmasdan turib o'zgartirilishi mumkin.

Seiko Epson Corporation kompaniyasiga tegishli bo'lmagan uchinchi tomon veb-saytlariga havolalar yoki bu saytning ularda qilingan havolalari tegishli kompaniyalarning mas'uliyati ostida boshqariladi va Seiko Epson Corporation kompaniyasi ularni boshqarmaydi.
Iltimos, tegishli havola qilingan veb-saytlardan ana shu saytlarda nashr qilingan foydalanish shartlariga muvofiq foydalaning. Kompaniya havola qilingan veb-saytlardagi tarkib uchun yoki ulardan foydalanish oqibatida kelib chiqqan zararlar uchun hech qanday javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

Taqiqlangan harakatlar

Ushbu veb-saytdan foydalanish paytida quyidagi harakatlar taqiqlanadi.

Tavsiya qilingan brauzerlar

Eng so'nggi brauzer versiyasidan foydalanishingizni tavsiya qilamiz.

Ushbu veb-saytni to'g'ri aks ettirish uchun brauzeringizda JavaScript ni va uslub varaqlari sozlamalarini yoqib qo'ying.

Kuki fayllarini joylashtirish

Mazkur veb-saytga tashrif buyurganingizda u kompyuteringizga kuki fayllarini (kompyuteringizni veb-saytimizga aniqlab beradigan noyob kod) joylashtiramiz. Ushbu kuki fayli keyingi safar veb-saytga kirganingizda sizni tegishli tildagi veb-saytga yo'naltirish maqsadida foydalaniladi va u shaxsingizni aniqlaydigan hech qanday ma'lumotdan foydalanmaydi.

Boshqaruvchi qonun va yurisdiksiya

Bu yerda kelgan shartlar Yaponiya qonunlari asosida boshqariladi va talqin qilinadi.
siz va Epson o'rtangizda tortishuv kelib chiqsa, uni hal etish faqat Tokio tuman (jamlanma) sudining yurisdiktsiyasiga topshiriladi.

Shaxsiy ma'lumotlarning muhofazasi惻Kirish tarixini yig'ib borish

Veb-saytni tahlil qilish va yaxshilash uchun mazkur sayt Google Analytics xizmatidan foydalanadi. Google Analytics xizmati anonim shaklda standart internet jurnalini yig'ish va tashrif buyurgan shaxsning harakatlarini yig'ish maqsadida kuki fayllaridan foydalanadi. Kuki fayllarini qabul qilishni bekor qilish uchun kuki fayllarini bloklab qo'yishingiz mumkin yoki brauzeringizni kuki qabul qilishdan oldin ogohlantirish berishga o'rnatib qo'yishingiz mumkin. Agar shundan qilib qo'ysangiz, saytning bir qism(lar)i ochilmasligi mumkin. Kirish jurnali Google LLC maxfiylik siyosatiga muvofiq yuritiladi. Saytdan foydalanishdan avval ularni o'qib chiqing.

Google Analytics Google LLC savdo belgisidir.

Tegishli axborot