EPSON YAKUNIY FOYDALANUVCHI BILAN DASTURIY TAʼMINOT LITSENZIYA KELISHUVI
FOYDALANUVCHI UCHUN OGOHLANTIRISH: BU MAHSULOTNI OʻRNATISH YOKI ISHLATISHDAN OLDIN USHBU KELISHUV BILAN TANISHIB CHIQING. AGAR AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARIDA YASHASANGIZ, USHBU HUJJATNING 19-23 BOʻLIMLARI SIZGA NISBATAN TATBIQ ETILADI. 22-BOʻLIMDA SIZNING SUDYA YOKI HAKAMLARDAN OLDIN YORDAM UCHUN SUDGA MUROJAAT QILISH IMKONIYATINGIZNI CHEKLOVCHI HAMDA MUAYYAN HOLATLARDA JAMOA DAʼVOLARI YOKI JAMOA HAKAMLIK SUDLARIDA ISHTIROK ETISH HUQUQINGIZNI RAD ETUVCHI MAJBURIY HAKAMLIK SUDI QARORI KELTIRILGAN. 22.7-BOʻLIMDA HAKAMLIK SUDI YOKI JAMOA HAKAMLIK SUDLARIDAN CHIQARILISHNI XOHLOVCHILAR UCHUN “VOZ KECHISH” MAʼLUMOTI BERILGAN. AGAR BU BU MAHSULOTNI AVSTRALIYADA SOTIB OLSANGIZ, USHBU HUJJATNING 24-36-BOʻLIMLARI SIZGA TATBIQ ETILISHI MUMKIN. 25- VA 28-BOʻLIMDA USHBU BOʻLIMLAR QACHON TATBIQ ETILISHI MUMKINLIGI TASVIRLANGAN. 24-36-BOʻLIMLARDA QONUNGA ASOSAN ISTISNO QILISH MUMKIN BOʻLMAGAN MAJBURIY QONUNIY HIMOYA VOSITALARI BELGILANGAN. KOʻRSATILGAN HOLLARDA, BU KELISHUVDAGI BOSHQA SHARTLAR 24-36-BOʻLIMLAR BILAN TARTIBGA SOLINADI. Mazkur hujjat taqdim etiladigan dasturiy taʼminot, jumladan, har qanday tegishli hujjat, mikrodastur yoki yangilanishlar uchun (keyingi oʻrinlarda birgalikda “Dastur” deb yuritiladi) siz (shaxs yoki yuridik shaxs, keyingi oʻrinlarda “siz” deb yuritiladi) hamda Seiko Epson Corporation (jumladan, uning filiallari, keyingi oʻrinlarda “Epson”) orasidagi huquqiy kelishuv (“Kelishuv”) hisoblanadi. Bu Dastur faqat tegishli Epson kompyuter periferiya mahsulotlarida (“Epson qurilmalari”) foydalanish uchun Epson va uning yetkazib beruvchilari tomonidan taqdim etiladi. BU DASTURNI OʻRNATISH, UNDAN NUSXA OLISH YOKI BOSHQA BIR SHAKLDA FOYDALANISHDAN OLDIN USHBU KELISHUV SHARTLARI VA QOIDALARI, JUMLADAN, 17-BOʻLIMDA KELTIRILGAN EPSON MAXFIYLIK SIYOSATI BILAN TANISHIB CHIQISHINGIZ HAMDA ULARGA ROZILIK BERISHINGIZ ZARUR. Agar bularga rozi boʻlsangiz, quyidagi Roziman (“QABUL QILISH”, “OK” yoki shu kabi istalgan rozilik bildirish shakli) tugmasini bosing (agar boʻlsa). Agar ushbu Kelishuv shartlari va qoidalariga rozi boʻlmasangiz, quyidagi Rozi emasman (“CHIQISH”, “Bekor qilish” yoki shu kabi istalgan rad etish shakli) tugmasini bosing (agar boʻlsa) hamda mahsulotni toʻliq qaytarish uchun ushbu Dasturni uning qutisi va tegishli materiallari bilan birga Epson kompaniyasiga yoki xarid qilgan joyingizga topshiring. |
1.Litsenziya berish.
28-boʻlimni hisobga olgan holda (Avstraliyada Epson kompaniyasidan mahsulot yoki xizmatlarni sotib olsangiz, bu boʻlim sizga tatbiq etilishi mumkin), Epson sizga ushbu Dasturni shaxsiy va ichki foydalanish uchun qattiq disklar yoki boshqa kompyuter xotira qurilmalariga yuklab olish, oʻrnatish va foydalanishga yoki smartfon, planshet va boshqa mobil qurilmalar (birgalikda “Qurilma”) dasturiy ilovasi sifatida (shuningdek, “Dastur” deb ataladi) taqdim etilganida ushbu Dastur (i) faqat bir joyda (masalan uy, ofis yoki ishxonada) yoki mobil qurilmada ishlatilganida, sizga tegishli yoki siz nazorat qiladigan hamda (ii) faqat sizga tegishli Epson qurilmasiga aloqador shaklda foydalaniladigan cheklangan, alohida imtiyozlarga ega boʻlmagan litsenziyani taqdim etadi. Siz tarmoqqa ulangan Epson qurilmasining boshqa foydalanuvchilariga ushbu Dasturdan foydalanishga ruxsat berishingiz mumkin. Bunday holda siz ushbu foydalanuvchilarning bu Dasturdan faqat mazkur Kelishuvga muvofiq shaklda foydalanishini kafolatlashingiz zarur. Siz bunday foydalanuvchilarning foydalanishi natijasida kelib chiqadigan oqibatlar uchun javobgarlikni zimmangizga olish hamda Epson zararlarini qoplashga rozilik berasiz. Siz zaruratga qarab ushbu Dasturning zaxira nusxalarini yaratishingiz mumkin, lekin, ushbu zaxiralardan faqat Epson qurilmasining yaxshi ishlashini taʼminlash maqsadida foydalanishingiz lozim.
2.Takomillashtirish va yangilashlar.
28-boʻlimni hisobga olgan holda (Avstraliyada Epson kompaniyasidan mahsulot yoki xizmatlarni sotib olsangiz, bu boʻlim sizga tatbiq etilishi mumkin), agar ushbu Dastur uchun Epson kompaniyasidan biror yangilov, yangilangan yoki oʻzgartirilgan versiya yoxud qoʻshimchalar olsangiz, mazkur yangilov, yangilangan versiya, oʻzgartirilgan versiya yoki qoʻshimcha Dastur tarkibiga kiritiladi va ushbu Kelishiv orqali boshqariladi. Siz Epson kompaniyasining ushbu Dastur uchun hech qanday Yangilanishlarni (quyida 2-boʻlimda keltirilganidek) taqdim etishga majbur emasligini tasdiqlaysiz. Lekin Epson vaqti-vaqti bilan ushbu Dasturning yangi versiyalarini yaratadi, shuningdek, u Dastur uchun tuzatish, qoʻshimcha, yangilanish, qoʻshimcha yoki takomillashtirilgan funksiya, plagin va yangi versiyalar (birgalikda “Yangilanishlar”) mavjudligini tekshirish maqsadida Epson yoki uchinchi tomon serverlariga Internet orqali avtomatik ulanishi hamda (a) Dasturning siz shaxsiy qurilmangizda foydalanayotgan versiyasini elektron ravishda avtomatik yangilashi yoki (b) tegishli Yangilanishlarni oddiy usulda yuklab olish imkoniyatini yaratishi mumkin. Agar EPSON Software Updater dasturini alohida oʻrnatgan boʻlsangiz, lekin Epson ushbu Dastur uchun yangilanishlar mavjudligini tekshirishiga ruxsat berishni xohlamasangiz, EPSON Software Updater dasturini oʻchirib tashlash orqali bu funksiyani faolsizlantirishingiz mumkin. Siz ushbu Dasturni oʻrnatish hamda Yangilanishlarni avtomatik tekshirish funksiyasini faolsizlantirmaslik orqali, Epson yoki uchinchi tomon serverlariga Yangilanishlar uchun avtomatik soʻrov yuborilishi va yuklab olinishi hamda mazkur Kelishuv shartlari va qoidalarining ushbu barcha Yangilanishlarga tatbiq etilishini tasdiqlagan va bunga rozilik bildirgan hisoblanasiz.
3.Boshqa huquq va cheklovlar.
Siz ushbu Dasturni oʻzgartirmaslik, moslashtirmaslik va oʻgirmaslikka hamda kelajakda ushbu Dasturning manba kodini ochish maqsadida unga nisbatan teskari muhandislik, dekompilyatsiya, dizassembler yoki boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirmaslikka rozilik berasiz. Siz ushbu Dasturni uchinchi tomonlarga ijaraga, lizingga berish, tarqatish, foydalanishga berish yoki bu Dasturni foyda keltiruvchi biror masulot yoki xizmat tarkibiga kiritish huquqiga ega emassiz. Lekin siz ushbu Dasturdan foydalanish yuzasidan barcha huquqlaringizni boshqa shaxs yoki yuridik shaxsga berishingiz mumkin, ammo bunda oluvchi ham ushbu Kelishuv shartlariga rozilik berishi hamda siz ushbu Dastur, jumladan, uning barcha nusxalari, yangilanishlari va avvalgi versiyalari hamda Epson qurilmasini bunday shaxs yoki yuridik shaxsga taqdim etishingiz lozim. Mazkur Dastur alohida mahsulot sifatida litsenziyalangan hamda uning tarkibidagi dasturlardan ajratilgan shaklda boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas. Bundan tashqari, siz ushbu Dasturni yuqoridagi 1-boʻlimda keltirilgan yagona foydalanish joyidan tashqari boshqalar tashqaridan kirishi mumkin boʻlgan Internet yoki boshqa ommaviy tarmoqdagi ochiq muhitga joylashtirmaslikka rozilik berasiz.
4.Egalik huquqi.
Mazkur Dasturga doir nom, egalik hamda intellektual mulk huquqlari Epson yoki uning litsenziarlari va yetkazib beruvchilariga tegishlidir. Bu Dastur Amerika Qoʻshma Shtatlarining Mualliflik huquqi qonuni, Yaponiya mualliflik huquqi qonunlari hamda xalqaro mualliflik huquqi shartnomalari, shuningdek, boshqa intellektual mulk huquq va kelishuvlari bilan himoyalangan. Sizga ushbu Dasturga doir hech qanday nom yoki egalik huquqi berilmaydi hamda bu Litsenziya ushbu Dasturga oid biror-bir huquqlarning sotilishi sifatida talqin qilinmaydi. Siz ushbu Dastur nusxalaridagi hech qanday mualliflik huquqi, savdo belgisi, qayd qilinganlik belgisi hamda boshqa mulkiy eslatmalarni olib tashlamaslik va ularni oʻzgartirmaslikka rozilik berasiz. Epson va/yoki uning litsenziarlari hamda yetkazib beruvchilari berilmagan barcha huquqlarni oʻzida saqlab qoladi. Mazkur Dastur tarkibida rasm, illyustratsiya, dizayn va suratlar (“Materiallar”) boʻlishi mumkin va bunday materiallarning mualliflik huquqi Epson va/yoki uning litsenziarlari hamda yetkazib beruvchilariga tegishli boʻlib, ular milliy va/yoki xalqaro intellektual mulk huquqi qonunlari, konvensiya va shartnomalari bilan himoyalangan. Aniqlik kiritish lozimki, (1) ushbu Materiallardan faqat notijoriy maqsadlarda foydalaniladi, (2) bu Materiallar faqat mazkur Dastur dizayniga mos ravishda tahrirlanadi, moslashtiriladi va nusxalanadi hamda (3) siz ushbu Materiallardan faqat qonuniy ravishda shaxsiy, uy yoki qonun tomonidan ruxsat berilgan boshqa maqsadlarda foydalanishingiz mumkin.
5.Ochiq manba kodi va boshqa tashqi komponentlar.
Yuqoridagi litsenziya ruxsatiga qaramasdan, siz ushbu Dasturning muayyan komponentlari uchinchi tomon litsenziyalari, jumladan, “ochiq manba kodi” deb ataluvchi dasturiy litsenziyalarga ega boʻlishi mumkinligini tasdiqlaysiz, bu esa Open Source Initiative tashkiloti tomonidan ochiq manba kodi litsenziyasi sifatida tasdiqlangan har qanday dasturiy litsenziyalar yoki muayyan darajada oʻxshash litsenziyalar, jumladan, bunday litsenziyalar bilan cheklanmagan holda, shunday litsenziyaga ega dasturni tarqatishning sharti sifatida, tarqatuvchidan bunday dasturni ochiq manba kodi (masalan, uchinchi tomon komponentlari, “Uchinchi tomon komponentlari”) shaklida taqdim etishni talab qiladi. Bu Dasturning muayyan versiyalariga tegishli Uchinchi tomon komponentlari roʻyxati hamda tegishli litsenziya shartlari (talab qilinganidek) https://support.epson.net/terms/ sahifasida, ushbu Kelishuvning oxirida, tegishli foydalanuvchi qoʻllanmasi/CD yoki Qurilma/Dasturdagi litsenziya maʼlumotida keltirilgan. Uchinchi tomon komponentlariga tegishli litsenziyalar talab qiladigan darajada, bunday litsenziya shartlari ushbu Kelishuv shartlariga binoan tatbiq etiladi. Uchinchi tomon komponentlariga tegishli litsenziyalar talab qiladigan darajada, ushbu Kelishuvdagi cheklovlar Uchinchi tomon komponentlariga tegishli hisoblanmaydi va bunday cheklovlar Uchinchi tomon komponentlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
6.Dasturning turli versiyalari.
Siz ushbu Dasturning bir yoki undan ortiq versiyasini olishingiz yoki sotib olishingiz (masalan, turli foydalanish muhitlari uchun; ikki yoki undan ortiq tilga tarjima qilingan versiyalar; Epson serveridan yuklab olingan yoki CD-ROM qurilmasidagi versiyalar) mumkin, lekin, olingan nusxalarning turi va sonidan qatʼi nazar, siz faqat yuqorida 1-boʻlimda keltirilgan litsenziya ruxsat beradigan qurilma yoki versiyadan foydalanishingiz mumkin.
7.Kafolat va tuzatish ogohlantirishi.
25-boʻlimni hisobga olgan holda (Avstraliyada Epson kompaniyasidan mahsulot yoki xizmatlarni sotib olsangiz, bu boʻlim sizga tatbiq etilishi mumkin), agar ushbu Dasturni diskda Epson yoki sotuvchidan sotib olgan boʻlsangiz, Epson mazkur Dastur yozilgan disk shikastlanmagani va undagi materiallarning sizga yetkazilganidan keyin 90 kun davomida foydalanishga yaroqli holatda boʻlishini kafolatlaydi. Agar ushbu disk yetkazib berilganidan keyin 90 kun ichida Epson yoki sotuvchiga qaytarilsa va agar Epson diskning shikastlangani hamda buning taqdim qilingan diskdan notoʻgʻri foydalanish, ishlatish, tatbiq etish yoki buzuq qurilmada foydalanish oqibatida yuz bermaganini aniqlasa, u holda ushbu Dastur, jumladan, uning barcha nusxalari va qismlarini Epson kompaniyasiga qaytarganingizdan keyin Epson diskni almashtirib beradi. Siz ushbu Dasturdan foydalanishning butunlay oʻz ixtiyoringizda ekanini tasdiqlaysiz. BU DASTUR “QANDAY BOʻLSA SHUNDAY” HAMDA HECH QANDAY KAFOLATLARSIZ TAQDIM ETILADI. EPSON VA UNING YETKAZIB BERUVCHILARI SIZNING USHBU DASTURDAN FOYDALANISHINGIZ SAMARADORLIGI VA NATIJALARINI KAFOLATLAMAYDI VA KAFOLATLAY OLMAYDI. Epson ushbu Dasturning uzluksiz, xatosiz ishlashi, virus yoki boshqa zararli komponent yoxud zaifliklardan xoli ekani yoki ushbu Dastur funksiyalari sizning talab va ehtiyojlaringizga javob berishini kafolatlamaydi. Epson kompaniyasining yagona va ekskluziv javobgarligi hamda sizning kafolatning buzilishdan himoya vositangiz Epson kompaniyasining Dastur diskini almashtirishi yoki Dastur va Epson qurilmasi qaytarilgach, pulingizni qaytarishi bilan cheklanadi. Almashtirilgan har qaday Dastur uchun qaysi bir muddatning uzunligiga qarab, dastlabki muddat yoki 30 (oʻttiz) kunlik muddatga kafolat beriladi. Agar biror sabab tufayli yuqoridagi chora amalga oshmasa, Epson kompaniyasining kafolatning buzilishi yuzasidan javobgarligi Epson qurilmasi uchun toʻlangan narxning qaytarilishi bilan cheklanadi. Epson uning nazoratidan tashqarida boʻlgan ishlashdagi kechikish yoki ishlamay qolish holatlari uchun javobgar hisoblanmaydi. Agar Dasturning ishlamay qolishi kutilmagan hodisa, xato ishlatish yoki foydalanish oqibatida yuz bersa, ushbu Cheklangan kafolat amal qilmaydi. KELTIRILGAN CHEKLANGAN KAFOLAT VA HUQUQIY HIMOYA VOSITALARI EKSKLUZIV HISOBLANADI VA OʻZI BILAN BOSHQALARINI ALMASHTIRADI. EPSON OCHIQ YOKI NAZARDA TUTILGAN BOSHQA BARCHA KAFOLATLAR, JUMLADAN, BULAR BILAN CHEKLANMAGAN HOLDA, TALABLARNING BUZILMAGANI, SAVDOGA YAROQLILIK HAMDA MUAYYAN MAQSADGA YAROQLILIK KAFOLATLARIDAN VOZ KECHADI. LEKIN, AYRIM SHTAT VA YURISDIKSIYALAR NAZARDA TUTILGAN KAFOLATLARNING ISTISNO ETILISHIGA YOʻL QOʻYMAYDI VA BUNDAY SHTATLARDA YUQORIDAGI CHEKLOV SIZGA NISBATAN TATBIQ ETILMASLIGI MUMKIN.
8.Javobgarlikni cheklash.
25- va/yoki 28-boʻlimni hisobga olgan holda (Avstraliyada Epson kompaniyasidan mahsulot yoki xizmatlarni sotib olsangiz, bu boʻlim sizga tatbiq etilishi mumkin), AMALDAGI QONUNLAR RUXSAT BERGAN MAKSIMAL DARAJADA, HECH QANDAY HOLATDA EPSON YOKI UNING TAQDIMOTCHILARI QANDAYLIGIDAN QATʼI NAZAR, BEVOSITA, BILVOSITA, ATAYLABDAN, TASODIFIY YOKI BILVOSITA SHIKASTLANISHLAR, SHARTNOMA BOʻYICHA BOʻLSIN, HUQUQBUZARLIK (JUMLADAN, EʼTIBORSIZLIK), JAVOBGARLIK, KAFOLATNING BUZILISHI, BUZIB TALQIN QILISH YOKI BOSHQA HOLATLAR, JUMLADAN, LEKIN BU BILAN CHEKLANMAGAN HOLDA, BIZNESDAGI FOYDANING YOʻQOTILISHI OQIBATIDAGI ZARAR, BIZNESNING TOʻXTAB QOLISHI, BIZNES AXBOROTINING YOʻQOTILISHI YOKI BOSHQA MODDIY ZARARLAR, USHBU DASTURDAN FOYDALANISH YOKI FOYDALANA OLMASLIK OQIBATIDA KELIB CHIQUVCHI YOKI USHBU KELISHUVDAN KELIB CHIQQAN HOLDA, EPSON YOKI UNING VAKILIGA BUNDAY ZARARLARNING YUZAGA KELISH EHTIMOLI HAQIDA XABAR BERILGAN BOʻLSA HAM HECH QANDAY ZARAR UCHUN JAVOBGAR HISOBLANMAYDI. AYRIM SHTATLARDA MUAYYAN OPERATSIYALARDA ZARARNI ISTISNO QILISH YOKI CHEKLASHGA YOʻL QOʻYILMAYDI VA BUNDAY SHTATLARDA YUQORIDAGI ISTISNO YOKI CHEKLOVLAR AMAL QILMASLIGI MUMKIN.
9.Mazkur Dasturning AQSH hukumati tomonidan sotib olinishi.
Bu boʻlim ushbu Dasturning AQSH hukumati (“Hukumat”) tomonidan yoki uning uchun sotib olinishi yoki har qanday bosh pudratchi yoki subpudratchi (har qanday darajadagi) tomonidan shartnoma asosida berilishi, hamkorlik shartnomasi, “boshqa operatsiyalar” (“BO”) yoki Hukumat bilan amalga oshiriladigan boshqa holatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Dasturni yetkazib berishga rozilik berish orqali Hukumat, har qanday bosh pudratchi va subpudratchi FAR Subpart 27.405 FAR 12-qism (b) bandi yoki DFARS Subpart 227.7202 mazmuniga koʻra ushbu Dasturning “tijoriy” kompyuter dasturi ekanini tasdiqlaydi, shuningdek, boshqa hech qanday muvofiqlashtiruvchi yoki FAR yoxud DFARS axborot huquqlari haqidagi moddalari ushbu Dasturning Hukumatga yetkazib berilishiga nisbatan tatbiq etilmaydi. Shunga koʻra, Hukumatning (hamda asosiy pudratchi va subpudratchining) ushbu Dasturdan foydalanishi va oshkor etishi hamda shartnoma, grant, hamkorlik haqidagi shartnomalardagi oʻzaro zid shartlar va qoidalarning almashtirilishi, BO yoki ushbu Dasturning Hukumatga yetkazib berilishi bilan bogʻliq boshqa xatti-harakatlar ushbu Kelishuv shartlari va qoidalari bilan boshqariladi. Agar ushbu Dastur Hukumat talablariga javob bermasa, ushbu Kelishuv Federal qonunlar bilan muvofiq boʻlmasa yoki yuqorida aytib oʻtilgan FAR va DFARS moddalari bilan muvofiq kelmasa, Hukumat foydalanilmagan Dasturni Epson kompaniyasiga qaytaradi.
10.Eksportni cheklash.
Siz ushbu Dasturning AQSH eksportni boshqarish akti yoki boshqa eksportga aloqador istalgan qonun, cheklov yoki muvofiqlashtiruvchi qoidalari bilan taqiqlangan mamlakatlarga yetkazib berilmasligi, yuborilmasligi yoki eksport qilinmasligiga rozilik bildirasiz.
11.Toʻliq Kelishuv.
28-boʻlimni hisobga olgan holda (Avstraliyada Epson kompaniyasidan mahsulot yoki xizmatlarni sotib olsangiz, bu boʻlim sizga tatbiq etilishi mumkin), bu Kelishuv ushbu Dasturga taalluqli tomonlar orasida tuzilgan toʻliq kelishuv hisoblanadi hamda u ushbu Dasturga tegishli har qanday xarid buyurtmasi, aloqalar, reklama yoki vakolatni oʻzi bilan almashtiradi.
12.Majburiy Kelishuv; Biriktirishlar.
Mazkur Kelishuv majburiy xarakterga egadir hamda u tomonlar, ularning tegishli qonuniy vorislari va huquqiy vakillari manfaatlari uchun xizmat qiladi.
13.Alohidalik; Oʻzgartirishlar.
Agar bu yerdagi biror modda tegishli yurisdiksiyadagi sud tomonidan noqonuniy yoki bajarib boʻlmaydigan deb topilsa, (agar AQSH hududida yashasangiz, bular 22.8 va 22.9-boʻlimlarda keltirilgan), bu ushbu Kelishuv balansining haqiqiyligiga taʼsir qilmaydi va u oʻz kuchida qoladi va undagi shartlar muvofiq ravishda ijro etilishi mumkin. 28-boʻlimni hisobga olgan holda (Avstraliyada Epson kompaniyasidan mahsulot yoki xizmatlarni sotib olsangiz, bu boʻlim sizga tatbiq etilishi mumkin), bu Kelishuv faqat yozma ravishda Epson kompaniyasi vakilining imzosi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
14.Zararlarning qoplanishi.
28-boʻlimni hisobga olgan holda (Avstraliyada Epson kompaniyasidan mahsulot yoki xizmatlarni sotib olsangiz, bu boʻlim sizga tatbiq etilishi mumkin), siz Epson va uning direktorlari, xodimlari, aksionerlari, ishchi va agentlarini (i) ushbu Kelishuvdagi majburiyatlaringizning buzilishi yoki (ii) Dastur yoxud Epson qurilmasidan foydalanishingiz natijasida kelib chiqadigan har qanday yoʻqotish, javobgarlik, zarar, chiqim, xarajatlardan (jumladan, tegishli advokat toʻlovlari), xatti-harakatlar, daʼvo va jarayonlardan holi qilish hamda Epson soʻrovidan keyin tovon puli toʻlashga va zarar yetkazmaslikka rozilik bildirasiz. Agar Epson sizdan bunday xatti-harakat, daʼvo yoki jarayonlarda himoyalanishni soʻrasa, Epson oʻz ixtiyori bilan advokat tanlash va himoyalanish huquqiga ega boʻladi. Siz Epson kompaniyasining oldindan berilgan yozma ruxsatisiz Epson zararni qoplash huquqiga ega boʻlgan uchinchi tomon daʼvolarini hal qila olmaysiz.
15.Bekor qilinishi.
28-boʻlimni hisobga olgan holda (Avstraliyada Epson kompaniyasidan mahsulot yoki xizmatlarni sotib olsangiz, bu boʻlim sizga tatbiq etilishi mumkin), Epson kompaniyasi ega boʻlgan har qanday huquqlarga zarar yetkazmagan holda, yuqorida 1-boʻlimda keltirilgan litsenziya huquqlaringiz hamda yuqorida 7-boʻlimda keltirilgan kafolat huquqlaringiz ushbu Kelishuvni buzganingizdan keyin avtomatik ravishda amal qilishdan toʻxtaydi. Bunday huquqlar toʻxtatilganidan keyin siz ushbu Dastur va uning barcha nusxalarini darhol yoʻq qilishga rozilik bildirasiz.
16.Shartnoma tuzish imkoniyati va vakolati.
28-boʻlimni hisobga olgan holda (Avstraliyada Epson kompaniyasidan mahsulot yoki xizmatlarni sotib olsangiz, bu boʻlim sizga tatbiq etilishi mumkin), siz oʻzingiz yashaydigan shtat yoki yurisdiksiyada voyaga yetgan deb hisoblanishingiz hamda ushbu Kelishuvni tuzish uchun barcha vakolatlarga ega ekaningiz, jumladan, agar tatbiq qilinsa, ish beruvchingizning ushbu Kelishuvni tuzish berganini tasdiqlaysiz.
17.Maxfiylik, axborotni qayta ishlash.
Mazkur Dastur qurilmangizdan maʼlumot yuborish uchun Internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin. Masalan, agar ushbu Dasturni oʻrnatsangiz, Dastur Qurilmangiz modeli va seriya raqami, mamlakat identifikatori, til kodi, operatsion tizim axboroti hamda Epson qurilmasidan foydalanish axboroti kabi Epson qurilmangiz maʼlumotlarini Epson Internet saytiga yuborishi hamda u Qurilmangizda koʻrsatish uchun ishlab chiqarish yoki xizmat axborotini qaytarishi mumkin. Dastur orqali taqdim qilingan har qanday axborot amaldagi axborotni muhofaza qilish qonunlari hamda https://global.epson.com/privacy/area_select_confirm_eula.html sahifasida joylashgan Epson maxfiylik siyosatiga muvofiq qayta ishlanadi. Amaldagi qonunlar ruxsat bergan darajada, ushbu Kelishuv shartlariga rozilik berish hamda ushbu Dasturni oʻrnatish orqali siz shaxsiy maʼlumotlaringizning yashab turgan mamlakatingizda va/yoki undan tashqarida qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz. Agar ushbu Dasturga kiritilgan maxsus maxfiylik siyosati mavjud boʻlsa va/yoki ushbu Dasturni (masalan, muayyan dastur holatida) ishlatganingizda koʻrsatilsa, bunday maxsus maxfiylik siyosati yuqorida keltirilgan Epson maxfiylik siyosatidan ustun hisoblanadi.
18.Tashqi veb-saytlar.
Siz Dasturdagi gipermatn yoki boshqa kompyuter havolalari orqali veb-saytlarga kirishingiz hamda Epson nazorat qilmaydigan yoki boshqarmaydigan, lekin, uchinchi tomonlar nazoratidagi muayyan xizmatlardan foydalanishingiz mumkin. Siz bunday tashqi veb-sayt va xizmatlar, shuningdek, ularning aniqligi, batafsilligi, dolzarbligi, yaroqliligi, mualliflik huquqlarini buzmasligi, qonuniyligi, tartibi, sifati yoki boshqa omillar uchun Epson javobgar emasligini tasdiqlaysiz. Mazkur tashqi veb-saytlar/xizmatlar turli shartlar va qoidalar bilan boshqariladi hamda siz tashqi veb-saytlar/xizmatlarga kirganingizda va ulardan foydalanganingizda, ushbu veb-saytlar/xizmatlar shartlari va qoidalariga amal qilishga huquqiy jihatdan majbursiz. Ushbu tashqi veb-saytlar/xizmatlarga kirishingiz va foydalanishingiz shu tashqi veb-saytlar/xizmatlar shartlari va qoidalari bilan tartibga solinadi. Epson ushbu Dasturda tashqi veb-saytlar/xizmatlarga havolalar taqdim qilsa ham, bunday havolalar Epson tomonidan bunday veb-saytlar/xizmatlar, ulardagi kontent, ularning egalari yoki provayderlariga berilgan vakolat, tasdiqlash, homiylik yoki hamkorlik hisoblanmaydi. Epson bunday havolalarni faqat maʼlumot sifatida hamda qulayligingiz uchun taqdim etadi. Shunga koʻra, Epson bunday veb-saytlar/xizmatlar haqida hech qanday maʼlumot bermaydi va bunday tashqi veb-sayt yoki xizmatlar yuzasidan hech qanday yordam taqdim qilmaydi. Epson bunday veb-saytlar/xizmatlardagi hech qanday axborot, mahsulot yoki dasturlarni tekshirmagan va shu sababdan ular haqida hech qanday maʼlumot bermaydi. Siz bunday veb-saytlar/xizmatlarning ishlasi yoki ulardagi kontent uchun Epson javobgar emasligi hamda ulardagi mahsulotlarning virus, turli zararli dasturlar, Troyan otlari va boshqa zararkunandalik xarakteriga ega elementlardan holi ekaniga ishonch hosil qilish oʻzingizga bogʻliq ekanini tasdiqlaysiz. Bu Dasturdagi havolalar orqali bogʻlanadigan veb-saytlar/xizmatlardagi kontentdan qay darajada foydalanishni belgilashga faqat siz javobgar hisoblanasiz.
(AGAR AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARIDA YASHASANGIZ, QUYIDAGI 19-23-BOʻLIMLAR SIZGA NISBATAN TATBIQ ETILADI)
19.Siyohlarni xarid qilish.
Shimoliy Amerikada sotilgan ayrim Epson printer mahsulotlari uchun ushbu Dasturda bevosita Epson kompaniyasidan siyoh sotib olish imkoniyati mavjud boʻlishi mumkin. Agar sotib olish tugmasini bossangiz, ushbu Dastur Qurilmangizda Epson qurilmasi kartriji turlari va siyoh darajaralarini koʻrsatadi hamda ranglar, mavjud kartrij oʻlchamlari va Epson kompaniyasidan Internet orqali sotib olinadigan siyoh kartrijlarini almashtirish narxlari kabi qoʻshimcha kartrij maʼlumotlarini ham chiqaradi.
20.Yuklab olinadigan yangilanishlar.
Agar ushbu Dastur uchun yangilanishlar chiqarilgan boʻlsa, ularni Epson Internet saytidan yuklab olishingiz ham mumkin. Agar ushbu Dasturni oʻrnatishga rozilik bersangiz, Internet orqali amalga oshirilgan har qanday uzatishlar hamda maʼlumotlarni olish va foydalanish jarayonlari Epson kompaniyasining avvalgi-joriy maxfiylik siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi hamda mazkur Dasturni oʻrnatish orqali siz avvalgi-joriy maxfiylik siyosatining bunday xatti-harakatlarni boshqarishiga rozilik bildirasiz.
21.Epson hisoblari va promoaksiya xabarlari.
Shu bilan birga, agar ushbu Dasturni oʻrnatsangiz hamda Epson qurilmangizni Epson kompaniyasida registratsiya qilsangiz va/yoki Epson Store hisobini yaratib, bunday foydalanishga rozilik bersangiz, Epson va ushbu Dasturni oʻrnatish, Epson qurilmangizni registratsiya qilish va/yoki Epson Store hisobingizni yaratish haqidagi shaxsiy maʼlumotlar va shaxsiy boʻlmagan identifikatsiya axborotlaridan iborat maʼlumotlarni birlashtirishi hamda bunday birlashtirilgan maʼlumotlardan sizga Epson reklama yoki xizmat axborotlarini yuborish uchun foydalanishiga rozilik bildirgan hisoblanasiz. Agar Epson qurilmangiz haqidagi maʼlumotlarni yuborish yoki reklama, xizmat axborotlarini olishni xohlamasangiz, Windows tizimida qurilma drayveri sozlamalariga kirib, Kuzatuv sozlamalari boʻlimidan ushbu funksiyalarni faolsizlantirishingiz mumkin. Mac operatsion tizimida esa Epson Customer Research Participation va Low Ink Reminder dasturlarini oʻchirib tashlash orqali ushbu funsiyalarni faolsizlantirishingiz mumkin.
22.NIZOLAR, MAJBURIY SHAXSIY ARBITRAJ, JAMOA DAʼVOLARI VA JAMOA HAKAMLIK SUDLARIDAN VOZ KECHISH
22.1Nizolar.
22-boʻlim shartlari siz va Epson orasidagi barcha Nizolarga taalluqlidir. “Nizo” termini qonun tomonidan yoʻl qoʻyiladigan eng keng maʼnoni bildiradi hamda ushbu Kelishuv, Dastur, Epson qurilmasi yoki siz va Epson kompaniyasiga aloqador boshqa operatsiyalar, jumladan, shartnoma, kafolat, notogʻri talqin qilish, firibgarlik, huquqbuzarlik, xalqaro huquqbuzarlik, akt, muvofiqlashtirish, qaror yoki boshqa istalgan huquqiy yoki haqqoniylik asosidagi siz va Epson orasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan har qanday nizo, daʼvo, ziddiyatni oʻz ichiga oladi. “NIZO” hech qanday IM daʼvosini, yanada aniqroq aytganda, (a) savdo belgisi huquqini buzish, (b) patent huquqini buzish, (c) mualliflik huquqini buzish yoki notoʻgʻri foydalanish yoxud (d) tijoriy sirni noqonuniy oʻzlashtirish (“IM daʼvosi”) bunga kirmaydi. Shuningdek, siz va Epson shunga ham rozilik beradiki, 22.6-boʻlimda keltirilganlarga qaramasdan, sud, hakamlik sudi emas, daʼvo yoki sud ishini IM daʼvosi deb topishi mumkin.
22.2Majburiy hakamlik.
Siz va Epson kompaniyasi ushbu Kelishuvga koʻra barcha Nizolarning majburiy hakamlik orqali hal qilinishiga rozilik bildirasiz. HAKAMLIK SIZNING SUDYA YOKI HAKAMLIK SUDIGA MUROJAAT QILISH HUQUQIDAN VOZ KECHISHINGIZNI HAMDA EʼTIROZ UCHUN ASOSLARINGIZ CHEKLANGANINI ANGLATADI Mazkur Kelishuvga muvofiq, majburiy hakamlik mamlakat miqyosida tan olingan hakamlik idorasi JAMS tomonidan uning isteʼmolchilarga aloqador jarayonlar kodeksiga muvofiq ravishda, lekin hakamlik sudida birlashish yoki jamoa boʻlib harakatlanishga ruxsat beruvchi barcha qoidalarni istisno qilgan holda boshqariladi (ushbu jarayonlar haqida quyida 22.6-boʻlimda batafsil maʼlumot berilgan). Siz va Epson kompaniyasi (a) Federal arbitraj qonuni (9 U.S.C. 1 va keyingi paragraflar) 22-boʻlimning talqin qilinishi va ijrosini boshqarishini, (b) ushbu Kelishuvning davlatlararo savdo-sotiq bitimini mustahkamlashini hamda (c) ushbu 22-boʻlim mazkur Kelishuv bekor qilinganidan keyin ham oʻz kuchida qolishini tushunasiz va bunga rozilik berasiz.
22.3Hakamlik sudidan oldingi bosqichlar va ogohlantirish.
Hakamlik sudiga daʼvo bilan murojaat qilishdan oldin siz va Epson kompaniyasi 60 (oltmish) kun ichida har qanday Nizoni norasmiy shaklda hal qilishga urinishga rozilik berasiz. Agar Epson va siz 60 (oltmish) kun ichida Nizoni hal qilish yuzasidan oʻzaro kelishuvga erishmasangiz, siz yoki Epson kompaniyasi hakamlik sudiga murojaat qilishi mumkin. Epson kompaniyasiga ogohlantirish quyidagi manzilga yuborilishi kerak: Epson America, Inc., ATTN: Legal Department, 3131 Katella Ave. Los Alamitos, CA 90720 (“Epson manzili”). Nizo ogohlantirishi sizga Epson kompaniyasining siz haqingizdagi qaydlarida belgilangan eng oxirgi manzilga yuboriladi. Shu sababdan, agar manzilingiz oʻzgarsa, bu haqda EAILegal@ea.epson.com manziliga yoki yuqorida keltirilgan Epson manziliga xat yuborib, bu haqda xabar berishingiz muhimdir. Nizo haqidagi ogohlantirishda yuboruvchining ismi, manzili va aloqa maʼlumoti, shuningdek, Nizonining kelib chiqish sababi hamda murojaatning maqsadi (“Nizo ogohlantirishi”) koʻrsatiladi. Nizo haqidagi ogohlantirishni olgach, Epson va siz sud boshlanguniga qadar nizoni hal qilish uchun vijdonan harakat qilishga rozilik berasiz.
22.4Kichik daʼvolar sudi.
Yuqoridagilarga qaramay, siz agar bunday xatti-harakat sud yurisdiksiyasiga kirsa hamda faqat shu sudda koʻrib chiqilsa, individual tartibda oʻz shtatingizdagi kichik daʼvolar sudi yoki shahar hokimiyatiga murojaat qilishingiz mumkin.
22.5JAMOA DAʼVOLARI VA JAMOA HAKAMLIK SUDLARIDAN VOZ KECHISH.
SIZ VA EPSON KOMPANIYASI TOMONLARNING BIR-BIRIGA QARSHI HECH QANDAY JAMOA YOKI VAKILLIK ISHIDA DAʼVOGAR YOKI JAMOA AʼZOSI SIFATIDA DAʼVO QILMASLIGI, JUMLADAN, FEDERAL YOKI SHTAT JAMOA DAʼVOLARI YOXUD JAMOA HAKAMLIK SUDLARI BILAN EMAS, FAQAT INDIVIDUAL TARTIBDA DAʼVO QILISHIGA ROZILIK BILDIRASIZ. JAMOA DAʼVOLARI, JAMOAVIY SUDLAR, SHAXSIY ADVOKATNING UMUMIY HARAKATLARI HAMDA VAKILLIK VAKOLATI BILAN FAOLIYAT YURITILADIGAN HAR QANDAY BOSHQA XATTI-HARAKATLARGA RUXSAT BERILMAYDI. SHUNGA KOʻRA, USHBU BOʻLIMDA TAʼKIDLANGAN SUD JARAYONLARI DOIRASIDA SUDYA HAKAMLIK SUDI JARAYONLARIDA MANFAATDOR TOMONLARNING YOZMA RAVISHDAGI ROZILIGISIZ BIRDAN ORTIQ TOMONNING DAʼVOSINI BIRLASHTIRA OLMAYDI.
22.6Hakamlik jarayoni.
Agar siz yoki Epson hakamlik sudiga murojaat qilsangiz, hakamlik sudi hakamlik sudiga murojaat qilinganida amal qiluvchi va hakamlik sudiga jamoa yoki vakillik asosida ish yuritishga ruxsat beruvchi qoidalarni istisno qiluvchi JAMS qoidalari (“JAMS qoidalari”) hamda ushbu Kelishuvda keltirilgan qoidalarga muvofiq boshqariladi. Ular bilan http://www.jamsadr.com manzilida yoki 1-800-352-5267 raqamiga murojaat qilish orqali tanishish mumkin. Barcha Nizolar yagona betaraf sudya tomonidan hal etiladi hamda ikkala tomon ham sudyani tanlashda qatnashish uchun maqsadga muvofiq imkoniyatga ega boʻladi. Hakam ushbu Kelishuv shartlariga amal qiladi. Hakam, hech qanday federal, shtat yoki mahalliy sud yoki agentlik emas, ushbu Kelishuvning talqin qilinishi, ijrosi, unga amal qilinishi yoki shakllantirilishi, jumladan, ushbu Kelishuvning toʻla yoki qisman haqiqiyligi yoki haqiqiy emasligi borasida kelib chiquvchi barcha nizolarni hal qilishda ekskluziv vakolatga ega boʻladi. Hakamga bunday keng vakolatlarning berilishiga qaramasdan, sud daʼvoning intellektual mulk daʼvosi ekani haqidagi cheklovchi masalani koʻrib chiqishi mumkin hamda bu yuqoridagi 22.1-boʻlimda keltirilgan “Nizolar” tarifidan istisno qilinadi. Hakamga qonunga muvofiq ravishda yoki sud qarori bilan sudda har qanday yordamni berish huquqi berilishi kerak. Hakam sizga sud hukm qilishi mumkin boʻlgan ayni zararlarni belgilashi va faqat shu tomonning individual daʼvolarini qondirish uchun zarur darajada faqat bir tomon foydasiga deklarativ yoki sud qarorini chiqarishi mumkin. Ayrim hollarda, hakamlik xarajatlari sud xarajatlaridan oshib ketishi mumkin va sudda hakamlik sudiga nisbatan ochilish huquqi koʻproq cheklanishi mumkin. Hakamning qarori majburiydir va istalgan vakolatli yurisdiksiyada sud qarori sifatida qayd qilinishi mumkin.
Hakamlik sudi jarayonlarida telefon orqali qatnashishingiz mumkin. Telefon orqali amalga oshirilmaydigan hakamlik sudi jarayonlari asosiy yashash joyingizdan yetib borishga qulay joyda yoki xohishingizga qarab Orange County, California manzilida oʻtkazilishi mumkin.
a) Hakamlik muhokamasining boshlanishi. | |||||
Agar siz yoki Epson kompaniyasi Nizoni hakamlik sudi orqali hal qilishga qaror qilsa, har ikki tomon ham quyidagilarga rozilik beradi: |
|||||
(i) Hakamlik sudiga ariza berish. Arizada Nizoning mazmuni hamda undirish moʻljallangan zarar miqdori koʻrsatilishi shart. Siz http://www.jamsadr.com manzilida Hakamlik sudiga ariza nusxasini topishingiz mumkin (“Hakamlik sudiga ariza”). (ii) Hakamlik sudiga arizani tegishli toʻlov bilan birga uch nusxada quyidagi manzilga yuboring: JAMS, 500 North State College Blvd., Suite 600 Orange, CA 92868, U.S.A. (iii) Hakamlik sudiga arizaning bir nusxasini narigi tomonga ham yuboring (Nizo ogohlantirishida koʻrsatilgan ayni manzilga) yoki tomonlar kelishgan boshqa shaklda yetkazing. |
|||||
b) Koʻrib chiqish shakli. | |||||
Hakamlik sudi davomida hakam miqdorni belgilamagunicha, agar mavjud boʻlsa, siz yoki Epson kompaniyasi taklif qilish huquqiga ega boʻlgan hamda tomonlar qilgan har qanday taklif miqdori hakamlik sudiga oshkor etilmaydi. Nizolarni hal etishga tegishli boʻlmagan axborotni topish yoki almashtirishga hakamlik sudi vaqtida ruxsat berilishi mumkin. | |||||
c) Hakamlik sudi toʻlovlari. | |||||
Epson kompaniyasi ushbu Kelishuvga muvofiq qoʻzgʻatilgan (siz yoki Epson tomonidan) barcha hakamlik sudi jarayonlari xarajatlari hamda (agar tatbiq etilsa) JAMS toʻlovlari va hakamlik xarajatlarini qoplaydi. | |||||
d) Sizning manfaatingiz uchun hal etish. | |||||
Siz yoki Epson 75000 AQSH dollari yoki undan kam miqdordagi zararni qoplash talab qilingan Nizolarda, advokatlik xarajatlaridan tashqari, agar siz hakamning qarori bilan Epson tomonidan qilingan oxirgi yozma taklifdan kattaroq miqdordagi toʻlovni olsangiz, agar bunday taklif qilingan boʻlsa, Epson (i) sizga 1000 AQSH dollari yoki qaror miqdoriga qarab qaysi biri koʻproq boʻlsa; (ii) agar mavjud boʻlsa, oʻrtacha advokat toʻlovi miqdoridan ikki barobar ortiq miqdorda pul toʻlaydi; hamda (iii) Nizoni hakamlik sudida koʻrib chiqish, unga tayyorgarlik va uni amalga oshirish uchun advokatingiz oladigan (shuningdek, ekspert-guvohlar xizmati xarajatlari uchun) har qanday xarajatni qoplaydi. Siz va Epson orasida yozma shaklda tuzilgan kelishuvlardan tashqari holatlarda, hakam 22.6d)-boʻlimga muvofiq Epson tomonidan toʻlanadigan haq, xarajat va chiqimlarni belgilaydi. | |||||
e) Advokatlik toʻlovlari. | |||||
Epson ushbu Kelishuvga muvofiq Nizoni hal qilish yuzasidan boshlangan har qanday jarayonlar uchun advokatlik toʻlovlari va xarajatlarini qoplashni talab qilmaydi. Sizning 22.6-boʻlimda belgilangan advokatlik toʻlovlari va xarajatlari borasidagi huquqingizga qaramasdan (d) yuqoridagilar amaldagi qonunlarga muvofiq advokatlik xarajatlarini toʻlash huquqingizni cheklamaydi, shuningdek, hakam advokatlik toʻlovlari va xarajatlarini ikki baravariga oshira olmaydi. |
22.7Voz kechish.
Siz ushbu Kelishuvga (shu jumladan, ushbu Dastur yoki boshqa tegishli Epson qurilmasi, mahsulot va xizmatlariga) rozilik berganingizdan keyin 30 (oʻttiz) kun oʻtgach, Epson manziliga (i) ismingiz, (ii) pochta manzilingiz va (iii) sizning yakuniy, majburiy, individual hakamlik sudi jarayonlaridan istisno qilinish soʻrovingizni koʻrsatgan hamda ushbu 22-boʻlimda keltirilgan jamoa va vakillik jarayonlarida qatnashishdan voz kechgan holda yozma shaklda xat yuborish orqali ushbu Kelishuvda nazarda tutilgan jamoa va vakillik jarayonlarining yakuniy, majburiy, individual hakamlik sudi jarayonlaridan voz kechishni (oʻzingizni istisno qilishni) tanlashingiz mumkin. Yuqorida keltirilganlarga muvofiq tarzda voz kechganingiz holatlarida, boshqa barcha shartlar, shu jumladan, sud jarayoni boshlanguniga qadar ogohlantirishni taqdim etish talabi ham amal qilishda davom etadi.
22.822-boʻlimga tuzatishlar.
Mazkur Kelishuvdagi har qanday boshqa moddalarga qaramay, siz va Epson shunga rozilik beradiki, agar Epson kelgusida ushbu Kelishuvda nizolarni bartaraf etish jarayoni va jamoaviy daʼvolardan voz kechish haqidagi moddalarga (Epson manzilini oʻzgartirishdan tashqari) tuzatishlar kiritsa, Epson amalga oshiriladigan oʻzgartirishlar uchun sizning roziligingizni oladi. Agar bunday oʻzgartirishlarning kiritilishiga rozilik bermasangiz, siz tomonlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni 22-boʻlim qoidalariga muvofiq hal qilishga rozilik bildirasiz (yoki agar ushbu Kelishuvga birinchi marta rozilik berayotganingizda qatnashishdan voz kechgan boʻlsangiz nizolarni 22.7-boʻlimga asosan hal qilishga rozilik bildirasiz).
22.9Jiddiyligi.
Agar ushbu 22-boʻlimdagi biror-bir modda bajarib boʻlmaydigan deb topilsa, ushbu modda bekor qilinadi hamda Kelishuvning qolgan qismi oʻz kuchida qoladi. Yuqoridagilar, 22.5-boʻlimda keltirilganidek, jamoa yoki vakillik jarayonlariga nisbatan cheklovlarga tatbiq etilmaydi. Bu shuni anglatadiki, agar 22.5-boʻlim bajarib boʻlmaydigan deb topilsa, 22-boʻlim butunlay (faqat 22-boʻlim) yaroqsiz hisoblanadi va amal qilmaydi.
23.Nyu-Jersi aholisi uchun.
MAZKUR KELISHUVDAGI SHARTLARDAN QATʼI NAZAR, AGAR 7 VA 8-BOʻLIMLARDA KELTIRILGAN MODDALARDAN BIRORTASI NYU-JERSI QONUNLARIGA BINOAN BAJARIB BOʻLMAYDIGAN, YAROQSIZ, TATBIQ ETILMAYDIGAN DEB TOPILSA, BUNDAY MODDALARNING HECH BIRI SIZGA NISBATAN TATBIQ ETILMAYDI, LEKIN USHBU KELISHUVNING QOLGAN QISMI SIZ VA EPSON KOMPANIYASI UCHUN AMAL QILISHDA DAVOM ETADI. MAZKUR KELISHUVDAGI MODDALARGA QARAMAY, USHBU KELISHUVDAGI HECH NARSA SIZNING ISTEʼMOLCHI SHARTNOMASI, KAFOLAT VA OGOHLANTIRISH AKTIDAGI HUQUQLARINGIZNI CHEKLAMAYDI VA CHEKLASH UCHUN MOʻLJALLANMAGAN.
AGAR AVSTRALIYADA MAHSULOTLAR YOKI XIZMATLARNI SOTIB OLSANGIZ, BU HUJJATNING QUYIDAGI 24-36-BOʻLIMLARI SIZGA TATBIQ ETILISHI MUMKIN (BU BOʻLIMLARNING QACHON TATBIQ ETILISHI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT OLISH UCHUN 25- VA 28-BOʻLIMGA QARANG)
24.Taʼriflar.
Bu Kelishuvning quyidagi 24-26-boʻlimlari maqsadi yuzasidan, Avstraliya Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonun 2010-yilda qabul qilingan “Raqobat va isteʼmolchi haqida”gi aktga (Cth) 2-ilovani anglatadi.
25.Isteʼmolchi sifatida mahsulot sotib olish.
Agar siz, Avstraliya Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonunga muvofiq, isteʼmolchi (isteʼmolchi atamasi jismoniy shaxslar yoki kompaniyalar yoki istalgan hajmdagi boshqa yuridik shaxslarni oʻz ichiga olishi mumkin) sifatida Avstraliyada bu Dasturni sotib olsangiz, bu Kelishuv quyidagi 26- va 27-boʻlimlar bilan tartibga solinadi.
26.Avstraliya Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonun.
Agar Avstraliya Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonunga asosan sizda mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan biror huquq yoki himoya vositasi qonuniy jihatda istisno etilishi, cheklanishi yoki oʻzgartirilishi mumkin boʻlmasa, ushbu Kelishuvdagi bunday huquq yoki himoya vositasini istisno qiluvchi, cheklovchi yoki oʻzgartiruvchi hech bir qoida qoʻllanilmaydi.
Bu Kelishuvda qoidalariga zid boʻlishidan qatʼi nazar, agar siz Epson kompaniyasidan isteʼmolchi sifatida mahsulot va xizmatlarni sotib olsangiz, ular Avstraliya Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonunda nazarda tutilgan qonuniy kafolatlar bilan himoya qilinadi va bu Kelishuvning hech bir sharti ushbu kafolatlarni istisno qila olmaydi.
Bu qonuniy kafolatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi (lekin shu bilan cheklanmaydi):
Mahsulotlar maqbul sifatga ega boʻlishi lozim. Yaʼni ular: | ||
-xavfsiz boʻlishi; -nuqsonlardan xoli boʻlishi; -koʻrinishi va finishi jihatidan maqbul boʻlishi; -odatda ulardan kutiladigan vazifalarning barchasini bajarishi; -namoyish etilgan model yoki namunaga mos boʻlishi; -Epson mos deb taqdim etgan maqsadga mos boʻlishi; -Epson bergan mahsulot tavsifiga mos boʻlishi; va -xarid vaqtida ularning ishlashi, holati va sifati boʻyicha Epson tomonidan sizga berilgan har qanday ochiq kafolatlarga javob berishi lozim. |
||
Epson taqdim etadigan xizmatlar: | ||
-tegishli eʼtibor va mahorat yoki texnik bilim asosida koʻrsatilishi; -taʼkidlangan maqsadga mos boʻlishi yoki kelishilgan natijalarni berishi; va -yakuniy sana kelishilmagan boʻlsa, oqilona vaqt ichida koʻrsatilishi lozim. |
27.Kafolat va huquqiy himoya vositasi haqida ogohlantirish.
7-boʻlim sizga tatbiq etilmaydi. Uning oʻrniga, quyidagi boʻlim tatbiq etiladi:
EPSON MAHSULOTLARI AVSTRALIYA ISTEʼMOLCHILARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH HAQIDAGI QONUNGA ASOSAN ISTISNO QILIB BOʻLMAYDIGAN KAFOLATLAR BILAN BIRGA TAQDIM ETILADI. SIZ JIDDIY NOSOZLIK HOLATIDA MAHSULOTNI ALMASHTIRISH YOKI TOʻLANGAN HAQNI QAYTARIB OLISH HAMDA BOSHQA HAR QANDAY ASOSLI TARZDA OLDINDAN KOʻRISH MUMKIN BOʻLGAN YOʻQOTISH YOKI ZARAR UCHUN KOMPENSATSIYA OLISH HUQUQIGA EGASIZ. SHUNINGDEK, AGAR MAHSULOTNING SIFATI MAQBUL DARAJADA BOʻLMASA VA NOSOZLIK DARAJASI JIDDIY NOSOZLIKNI TASHKIL QILMASA, UNI ALMASHTIRISH YOKI UNI TAʼMIRLATISH HUQUQIGA HAM EGASIZ.
BUNDAN TASHQARI, BU BANDDAGI HECH BIR QOIDA AVSTRALIYA ISTEʼMOLCHILARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH HAQIDAGI QONUNGA MUVOFIQ, ISTISNO QILIB BOʻLMAYDIGAN KAFOLATLAR, KAFILLIKLAR YOKI HUQUQIY HIMOYA VOSITALARINI ISTISNO QILMAYDI, CHEKLAMAYDI YOKI OʻZGARTIRMAYDI: (1) BU DASTUR “QANDAY BOʻLSA SHUNDAY” HAMDA HECH QANDAY KAFOLATLARSIZ TAQDIM ETILADI; (2) EPSON VA UNING YETKAZIB BERUVCHILARI SIZNING USHBU DASTURDAN FOYDALANISHINGIZ SAMARADORLIGI VA NATIJALARINI KAFOLATLAMAYDI VA KAFOLATLAY OLMAYDI; (3) Epson bu Dasturning uzluksiz, xatosiz ishlashi, virus yoki boshqa zararli komponent yoxud zaifliklardan xoli ekani yoki ushbu Dastur funksiyalari sizning talab va ehtiyojlaringizga javob berishini kafolatlamaydi; (4) Epson oʻzining oqilona nazoratidan tashqaridagi sabablar tufayli yuzaga kelgan ishlashdagi kechikish yoki ishlamaslik holatlari uchun javobgar boʻlmaydi; va (5) EPSON OCHIQ YOKI NAZARDA TUTILGAN BOSHQA BARCHA KAFOLATLAR, JUMLADAN, LEKIN SHU BILAN CHEKLANMAGAN HOLDA, TALABLARNING BUZILMAGANI, SAVDOGA YAROQLILIK HAMDA MUAYYAN MAQSADGA YAROQLILIK KAFOLATLARIDAN VOZ KECHADI.
28.Isteʼmolchi yoki kichik biznes shartnomasi asosida mahsulot sotib olish.
Agar:
(a) agar siz jismoniy shaxs boʻlsangiz va bu Dasturni toʻliq yoki asosan shaxsiy, uyda yoki maishiy foydalanish yoki isteʼmol uchun sotib olsangiz; yoki
(b) bu kelishuv kichik biznes shartnomasini tashkil qilsa (bu atama Avstraliya Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonunda vaqti-vaqti bilan belgilanadi),
29.Javobgarlikni cheklash.
8-boʻlim sizga tatbiq etilmaydi. Uning oʻrniga, quyidagi boʻlim tatbiq etiladi:
25-boʻlimga muvofiq, HECH BIR HOLATDA BIROR TOMON YOKI UNING TAʼMINOTCHILARI SHARTNOMA, FUQAROVIY HUQUQBUZARLIK (JUMLADAN, BEPARVOLIK), QATʼIY JAVOBGARLIK, KAFOLATNING BUZILISHI, XATO FIKR YOKI BOSHQA HOLAT BOʻYICHA KELIB CHIQUVCHI HECH QANDAY BEVOSITA, MAXSUS, TASODIFIY YOKI NATIJAVIY ZARAR UCHUN, JUMLADAN, LEKIN SHU BILAN CHEKLANMAGAN HOLDA, BIZNES FAOLIYATI FOYDALARINING YOʻQOTILISHI, BIZNES FAOLIYATIDAGI UZILISHIGA OID ZARAR, BIZNES MAʼLUMOTLARINING YOʻQOTILISHI YOKI BU DASTURDAN FOYDALANISH YOKI FOYDALANA OLMASLIK NATIJASIDA YOXUD BU KELISHUVDAN KELIB CHIQADIGAN BOSHQA MODDIY ZARAR UCHUN JAVOBGAR BOʻLMAYDI (HATTO OʻSHA TOMON YOKI UNING VAKILLARI BU KABI ZARARLAR EHTIMOLIDAN XABARDOR QILINGAN BOʻLSA HAM).
30.Litsenziya berish.
1-boʻlimda (Litsenziya berish) belgilangan Epson zararlarini qoplash majburiyati sizga tatbiq etilmaydi. Siz bu Dasturdan foydalanishiga ruxsat bergan boshqa foydalanuvchilarning har qanday harakati yoki harakatsizligi uchun masʼul va javobgar boʻlishingizni tan olasiz hamda bunga rozilik bildirasiz, bunda ushbu harakat yoki harakatsizlik sizga tegishli deb qaraladi.
31.Takomillashtirish va yangilashlar.
Epson 2-boʻlimga (Takomillashtirish va yangilashlar) muvofiq bu Dasturni avtomatik tarzda yangilagan hollarda, agar bu Dasturning muhim funksiyasi oʻzgartirilsa, toʻxtatilsa yoki Dasturdan olib tashlansa (xatoliklarni tuzatish, tuzatish, yuksaltirish, qoʻshimcha yoki kuchaytirilgan funksiya, plagin va yangi versiyalar natijasida) hamda buning sizga arzimas darajadan koʻproq salbiy taʼsir koʻrsatishini namoyish qila olsangiz, siz bu Kelishuvni Epson oldida kelgusi javobgarliklardan xoli holda yozma ravishda bekor qilishingiz mumkin.
32.Toʻliq kelishuv.
11-boʻlim (Toʻliq kelishuv) sizga tatbiq etilmaydi.
33.Alohidalik; oʻzgartirishlar.
Bu Kelishuv oʻzgartirilishi uchun u Epson yoki uning vakolatli vakili tomonidan yozma shaklda imzolangan holda oʻzgartirilishidan tashqari, siz yoki sizning vakolatli vakilingiz tomonidan ham yozma shaklda imzolangan holda oʻzgartirilishi ham lozim.
34.Zararlarning qoplanishi.
14-boʻlim (Zararlarning qoplanishi) sizga tatbiq etilmaydi.
35.Bekor qilinishi.
15-boʻlim (Bekor qilinishi) sizga tatbiq etilmaydi. Uning oʻrniga quyidagi boʻlim tatbiq etiladi:
Tomonlarning boshqa hech bir huquqiga zarar yetkazmagan holda, biror tomon bu Kelishuv shartlariga rioya qilmasa, ikkinchi tomon bu Kelishuvni bekor qilishi mumkin va bu bekor qilish narigi tomon xabardor qilingandan keyin kuchga kiradi. Kelishuv bekor qilinganidan keyin, siz bu Dasturdan foydalanishni toʻxtatishingiz, uning barcha nusxalari esa darhol yoʻq qilishingiz lozim.
36.Shartnoma tuzish imkoniyati va vakolati.
16-boʻlimda (Shartnoma tuzish imkoniyati va vakolati) siz taʼkidlagan tasdiqdan tashqari, Epson ham bu Kelishuvni tuzish uchun barcha zaruriy vakolatlarga ega ekanini bildiradi.
2023